O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘larning 405 mln so‘miga federatsiya bosh kotibi oila a’zolari Turkiyaga dam olish uchun jo‘natilgani aniqlandi.
Suzish federatsiyasi mansabdorlari terma jamoa tarkibida bo‘lmagan fuqaroni xalqaro yig‘inga yuborib, 71 mln so‘mni asossiz ishlatgani, 287 nafar sportchi mehmonxona xizmatidan foydalangani haqida soxta hujjat tayyorlab, 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xalqaro suzish federatsiyasi Olimpiada yo‘llanmasini olish uchun natijalarni soxtalashtirgan bir qancha o‘zbekistonlik suzuvchilarning ko‘rsatkichlarini bekor qildi. Bu hind sportchisi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuzaga chiqdi. Soxtalashtirishga urinish sababli O‘zbekistonga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkin. MOQ bayonot bilan chiqdi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat «sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini» ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting